Bir xaridor savdo do‘koniga kirib, anchagina narsani xarid qilibdi. Sotuvchi esa uning bunchalik ko‘p narsa olganiga shubxa qilib, extiyot shart, «Puli yetarmikin, tag‘in nasiya qilaman desachi» degan o‘y-xayollar bilan, undan «pulingiz bormi?» deb so‘rabdi.

Xaridor bechoraning esa qulog‘i anchagina og‘ir ekan. Xullas, u sotuvchining «pulingiz bormi?» deganini «tilingiz bormi?» deb eshitib, oldiniga bir oz xayron bo‘libdi-yu, lekin baribir qulog‘iga chalingan gapga tayanib, sotuvchiga tilini chiqarib ko‘rsatibdi. Sotuvchi esa, vaximachiroq ekan-mi, xaridorni ruxiy xasta bo‘lsa kerak deb o‘ylab, ruxiy xastaliklar shifoxonasidan shifokorlarni chaqirtiribdi. Ular yetib kelishgach, xaridorni aldab-suldab, o‘zlari bilan olib ketishibdi.

Lekin shifoxonada unga biron-bir tashxisni qo‘yisholmabdi. So‘ngra, uni xar extimolga qarshi vaqtinchalik ro‘yxatga olib, shartli ravishda uyiga ruxsat berishibdi. Uni olib ketgani o‘g‘illari kelishibdi. Farzandlari xam otalarining soppa-sog‘ ekanligini tasdiqlash maqsadida, shifokorlar xuzurida otalaridan ataylab «pulingiz bormidi?» deb so‘rab ko‘rishibdi.

Ota sho‘rlik esa shifokorlar xuzurida o‘g‘illariga xam tilini ko‘rsatibdi…

© MUALLIF

От qwert.uz