Korxona qabulxonasiga chiroyli, kelishgan, orasta kiyingan qiz kirib kelibdi. Ish yurituvchi uni kutib olib, debdi:

— Yaxshi qiz, siz qaysi chamanning gulisiz?

— O‘zlarichi?

— Men shu korxonaning, ya’ni shu bog‘ning bulbuli bo‘laman. Men sayraganimda barcha chamanlardagi gullar boshlarini egib tinglashadi…

— Juda yaxshi, «bog‘ning bulbuli». Meni shu korxonaning raxbarida zarur ishim bor edi. Keyinroq, fursatga qarab, albatta sizning yoqimli ovozingizni eshitib xam ko‘rarmiz…

Shunday deb qiz korxona raxbari qabuliga kirib ketibdi. Bir ozdan so‘ng korxona raxbari barcha xodimlarni tezkor yig‘ilishga chaqiribdi. Raxbar nafaqaga chiqishi munosabati bilan, uning o‘rniga boshqarmaning maxsus buyrug‘i bilan boyagi qizni korxonaning yangi raxbari sifatida jo‘natilganini aytibdi. Korxonaning barcha xodimlarini u bilan tanishtiribdi…

Bir ozdan so‘ng, yangi raxbar ish yurituvchini chaqirtiribdi. Ish yurituvchi — «bulbul» yangi raxbar oldiga kiribdi-da, avval uzr so‘rabdi. So‘ngra, fursatdan foydalanib, ilxomi kelib ketib, shunday degan ekan:

Shu bog‘da «bulbul» edim,

Bugun yomon «gap yedim».

«Patlarim» xam yulindi,

Ovozlarim bo‘lindi.

Qizartirib yuzimni,

Kiritdilar esimni.

Qilsam qissadan xissa,

Bo‘lmay desangiz izza,

Jilovlab tilingizni,

Boshqarib o‘zingizni,

Yetti o‘lchab, kesingiz,

Agar bo‘lsa esingiz!

© MUALLIF

От qwert.uz