Ikki notanish kimsa suxbatlashmoqda edilar:
— Siz kimsiz?
— Akangman!
— Iye, meni aslida xech qachon akam bo‘lmagan!
— To‘g‘ri, meni xam aslida ukam bo‘lmagan. Lekin men qasam ichganman, «ko‘zimga issiq ko‘ringan inson bilan darrov ini tutinib olaman» deb, Baxonada sen akalik bo‘lasan, men esa ukalik bo‘laman!
— Mayli, roziman. Yana shartlaringiz bormi?!
— Bor, albatta. Endi ukajon, mana shu chemodanni bojxona tekshiruvidan o‘tgunimizcha «o‘zimniki» deb turasan-da!
— Qanaqasiga?
— Axir ikkimiz xam yo‘lovchimizku axir!…
Tekshiruvdan o‘tgandan keyin:
— Ex ukajon, nega bunday qilding? Qanday qilib xozirgina tutingan menday akangni qo‘llariga kishan soldirding?
— Xafa bo‘lmang akajon! Men xam davlatimiz oldida qasamyod qilganman, «ko‘zimga shubxali ko‘ringan insonni darrov tutib beraman» deb. Mana, ko‘rdingizmi, baxonada ikkimiz xam aka-ukalik bo‘ldik, xam qasamimizga sodiq qoldik!