Bevaqt mexmon kelganda,

Mezbon qoladi shoshib.

Xuddi atay qilganday,

Tabiat xaddan oshib,

Yozga bir oy qolganda,

Laylak qorni yubordi.

Taklifnoma olmasdan,

Nechuk tashrif buyurdi.

Daraxtlar oq kiyimni,

Namoyish qilib xarchand,

Nima shu xam qiyinmi,

Qorni qilmasdan pisand.

Quyosh tig‘lari bilan,

Birdan «kiyim» yechildi.

Xo‘sh, kimning qo‘li «baland»,

Yoz tomon yo‘l ochildi!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz