Donishmandlar deyishar,
Yolg‘onning umri qisqa.
Lek odamlar kulishar,
Axir, iloj yo‘q boshqa.

Ipak kabi u mayin,
Yolg‘on yoqar xammaga.
Rost gapirmoqlik qiyin,
Jonni qiynay nimaga?

Nega bunday ekanin,
Sirin qilaymi oshkor,
Uzr, «vaqtim» yo‘q lekin,
Xozir «zarur» ishim bor!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz