Joriy yilning yozida Volkswagen kompaniyasi yangilangan Tiguan modelini taqdim etadi. Hozirda kompaniya modelning ilk rasmi bilan bo‘lishdi: avtomobil radiator panjarasi va yangi dizaynli old bamperga ega bo‘lgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Volkswagen

Surat Volkswagen America’ning marketing bo‘yicha rahbari Xandrik Mut tomonidan namoyish etilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Uning so‘zlariga ko‘ra, yangilangan Tiguan dizaynida, asosan, krossoverning old qismi o‘zgarishga uchragan. Bazaviy komplektida yorug‘lik diodli optika o‘rin olgan, IQ Lights faralari esa qo‘shimcha sifatida taklif etiladi.

Avtomobil salonini yaratishda sakkizinchi avlod Volkswagen Golf hamda yangi Passat’niki kabi texnologik yechim qo‘llanilgan. Taxminlarga ko‘ra, gap turli tugmalar sonining kamaygani haqida ketmoqda — ularning o‘rnini sensorlar egallaydi. Krossoverga Golf’dan haydovchiga yordam beruvchi zamonaviy tizimlar “meros” bo‘lib qolishi mumkin.

Volkswagen Tiguan gibrid modifikatsiyaga ega bo‘ladi, dvigateli EVO oilasiga mansub — benzin motorli TSI hamda dizelli TDI. Bundan tashqari, modelga R-Line versiyasi ham o‘rnatiladi, keyinchalik bozorga sport versiyasi — Tiguan R chiqishi kutilmoqda.

Volkswagen Tiguan’ning 127 ot kuchiga ega hozirgi modeli Rossiya bozorlarida 1,6 million rubldan (22 ming dollar), 220 kuchga ega mexanik uzatmalar qutisida boshqariluvchi variant esa 2,7 million rubldan (35 ming dollar) sotilmoqda.

От qwert.uz