Internetda italiyalik rassom va kashfiyotchi Leonardo da Vinchining hayoti haqida hikoya qiluvchi “Leonardo” mini-serialining ilk kadrlari paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Variety.

Foto: Variety

Kadrlarda Leonardo qay tarzda rasm chizishni o‘rgangani hamda “Sirli kechada” deb nomlangan kartinasini chizganidan keyin qanday mashhur bo‘lib ketgani aks etgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Mini-serial sakkiz qismdan iborat bo‘ladi, ularning har birida buyuk musavvirning bitta muvaffaqiyati haqida hikoya qilinadi.

Mini-serialda italiyalik aktyor Jankarlo Jannini (Leonardoning ustozi rolini ijro etgan), Matilda de Anxelis (rassomning ilhom parisi), Freddi Xaymor (detektiv Stefano Jiraldi) va boshqalar suratga tushgan. Loyiha rejissorlari Deniel Persival va Aleksis Kaxill.

Mini-serial taqdimoti joriy yilda Leonardo da Vinchi tavalludining 500 yilligiga bag‘ishlab taqdim etilishi rejalashtirilgan edi. Biroq pandemiya sababli premyera keyingi yilga qoldirildi.

Ma’lumot uchun, buyuk musavvir Leonardo da Vinchi haqida 1971-yilda ham mini-serial ishlangan. “Leonardo da Vinchi hayoti” deb nomlangan mini-serialda bosh rolni fransiyalik aktyor Filipp Lerua ijro etgan. Ushbu film bir necha yillar avval O‘zbekiston telekanallarida ham efirga uzatilgan.

Foto: Wikipedia

От qwert.uz