“O‘ztransgaz” “Bunyodkor” futbol klubi ustav fondidagi 61,8 foizlik ulushini (715,37 million so‘m qiymatidagi aksiyalar) Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazadi. Bu haqda “Forbes.uz” nashri xabar bergan.

Foto: “Bunyodkor” FK

14-aprelda o‘tkazilgan aksiyadorlar kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida shunday qaror qabul qilingan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Shuningdek, “O‘ztransgaz”ning Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 31-uyda joylashgan binosi ham nol qiymatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi. Agentlikning Shahrisabz ko‘chasi, 85-uyda joylashgan 10 qavatli binosi esa “O‘ztransgaz” ixtiyoriga o‘tkaziladi.

Xabarga ko‘ra ushbu choralar aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi davlat ulushini kamaytirish uchun qilinmoqda. Ayni kunlarda kompaniyadagi davlat ulushi 609,26 milliard so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, yig‘ilishda kuzatuv kengashining ayrim a’zolarining vakolatlari tugatilib, yangi tarkib tasdiqlangan.

От qwert.uz