E’tiboringizga turk oshxonasining kunjutli noni — simit retseptini havola qilamiz, uni issiq choy, sut yoki qahva bilan qo‘shib dastruxonga tortishingiz mumkin  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Grand Turkish Bazaar

Buning uchun quyidagi mahsulotlar kerak bo‘ladi:

  • un — 300 gramm;
  • xamirturush — 15 gramm;
  • shakar — 1 osh qoshiq;
  • o‘simlik yog‘i — 2 osh qoshiq;
  • Tuz — 2 gramm;
  • Asal — 1 osh qoshiq;
  • Suv — xamir uchun 130 ml​, sirop uchun 200 ml.

Foto: Kivi Tadinda

Tayyorlanish jarayoni:

  1. Xamirturush, shakar, tuz, iliq suv va unni aralashtirib, xamir tayyorlang.
  2. Xamirni dumaloq shaklga keltirib, ustini yog‘lang.
  3. Xamirni yog‘ ichiga singdirib, elastik bo‘lgunicha mushtlang.
  4. Ustini salfetka bilan yopib, 30-40 daqiqa tindiring.
  5. So‘ngra xamirni olib, to‘rt bo‘lakka bo‘ling (kichikroq qilishni istasangiz, 6 bo‘lakka bo‘lishingiz mumkin) va yana 20 daqiqa kuting.
  6. Xamirni uzunchoq qilib suratdagidek o‘rama shaklga keltirib ikki tomonini birlashtiring.
  7. Sirop uchun iliq suvga asal aralashtiring va nonni aralashmaga botiring.
  8. Simitning ikki tomonini ham kunjut bilan qoplang.
  9. Gaz listiga pishiriq uchun mo‘ljallangan qog‘oz soling va simitlarni terib chiqing.
  10. 180 darajali qizigan duxovkaga 30-35 daqiqaga qo‘ying.

Mazali nonlar tayyor, yoqimli ishtaha!

От qwert.uz