Ukraina Ichki ishlar vazirligi Xitoyda yangi tug‘ilgan chaqaloqlar savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy tarmoqni fosh qildi. Bu haqda vazir o‘rinbosari Anton Gerashenko Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Foto: “Korrespondent.net”

Tarmoqni reproduktiv klinika bosh shifokori bo‘lgan ukrainalik ayol va uning o‘g‘li tashkil etgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Ushbu bola savdosi tizimida uch nafar xitoylik hamda ikki nafar ukrainaliklar ham ishtirok etgan, ularning aynan nima ish qilgani haqida ma’lumot berilmagan. Chaqaloqlar yolg‘iz yashovchi xitoyliklarga, besoqolbozlarga sotilgan, deya qayd etgan Ukraina IIV.

Xitoy fuqarolari farzandli bo‘lish uchun ukrainalik surrogat onalar xizmatidan foydalangan, ular donorlardan olingan tahlillardan homilador bo‘lib bola tug‘ib bergan. Chaqaloqlarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari Xitoydagi xaridor va uning soxta rafiqasi nomiga rasmiylashtirilgan. Shu tariqa XXR fuqarosi Ukrainaga kelish va farzandini mamlakatdan olib chiqish huquqini qo‘lga kiritgan.

Ukrainada sotiladigan chaqaloqlar boqilayotgan xonadon

Foto: Facebook

Gerashenkoning yozishicha, ushbu yo‘l bilan sotilgan chaqaloqlar sonining qancha ekani hali aniqlashtirilmoqda, ushbu jinoiy sxemada ishtirok etgan 140 nafar xitoylik ustidan tekshiruv olib borilmoqda.

Ukrainada surrogat ona xizmatlari qonunchilik bilan nazoratga olinmagan. Ushbu xizmat qonunlarda taqiqlanmagan, yuqorida qayd etilgan shakldagi shartnomalar fuqarolik-huquqiy kelishuvi vositasida amalga oshiriladi. Bunday hujjat notarial tasdiqdan o‘tishi majburiy emas.

Ukrainada sotiladigan chaqaloqlar boqilayotgan xonadon

Foto: Facebook

Ukrainada sotiladigan chaqaloqlar boqilayotgan xonadon

Foto: Facebook

От qwert.uz