Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida kelin va qaynsingil o‘rtasidagi uzoq yillik nizo qotillik bilan yakunlandi. Bu haqda “Postda.uz” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tumandagi “Toshli” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi N.D. turmush o‘rtog‘i bilan 11 nafar farzandni voyaga yetkazgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Biroq farzandlari orasida ikki qizining baxti ochilmay, uyda o‘tirib qolgan. Shu sababli qizlardan biri Sh. va qo‘shni uyda yashovchi akasining xotini M.Q. o‘rtasida doim kelishmovchilik kelib chiqqan.

Kelin va qaynsingil o‘rtasidagi uzoq yillik nizo 20-aprel, dushanba kuni, yana qo‘zg‘algan. Shu kuni, taxminan, soat 09:00 larda ular janjallashib qolgan. Oqibatda jahlini jilovlay olmagan Sh. o‘zi bilan olib borgan oshxona pichog‘ini yangasining qorin va ko‘kragiga bir necha marotaba sanchib, uni qasddan o‘ldirgan.

Bundan tashqari, Sh. kelinoyisining 9 oylik go‘dagining qorniga ham ikki marta pichoq sanchgan, bolaning egnidagi kiyimlari qalinlik qilib, chaqaloqqa ziyon yetmagan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

От qwert.uz