Bugun siz o‘zgachasiz,

O‘zgachadir chor-atrof.

Oy kabi nur «socharsiz»,

Sizni qilsak e’tirof!

Tavallud kuningiz muborak bo‘lsin,

Qalbingiz xar doim quvonchga to‘lsin.

Eng ezgu tilaklar, amalga oshsin,

Mexrning bulog‘i, qaynasin, toshsin!

Tavallud ayyomi axir odatda,

Yaqinlar davrasi bilan albatta.

Dasturxon yozibsiz, yaxshi niyatda,

Qutlashga kelamiz, biz uchar otda!

Erta tongdan qutlamoqni istadim,

Shuning uchun SMS dan boshladim.

Opajonim, tug‘ilgan kun muborak,

Mexr bilan yo‘g‘rilgan kun muborak!

Onam erta uyg‘otdilar,

«Yotma» — deya, «G‘aflat bosib».

Bir tandir non yopibdilar,

Mexrlari qanot yozib.

«Opangning tavallud kuni» —

Deya menga jilmaydilar.

Kecha sovg‘a olganimni,

Ikkovlari bilmaydilar!

Menga yoshligimda, yaxshi niyatda,

«Tanbex» berardingiz, bo‘lsin deb «odam».

Endi odam bo‘lib, guldasta qo‘lda,

Tabriklamoq uchun turibman bu dam!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz