Istagan narsangni muxayyo qilgum,

Aziz singiljonim. nomin ayt faqat.

Tavallud kuningdir, sababi bugun,

Qamishdan bel bog‘lab, qilurman xizmat!

Tavallud ayyoming qutlug‘lash uchun,

Yo‘l bosib singiljon, yiroqdan keldim.

Zarurat tug‘ilsa,xatto kosmosdan,

Qanot paydo qilib, uchib kelardim!

Yodimda o‘sha payt, yoshlik chog‘imda,

O‘ynab buzib qo‘ydim, qo‘g‘irchog‘ingni.

Bir nechta qo‘g‘irchoq keltirdim, mana,

O‘rnin bosarmikin, ovunchog‘ingni!

Tavallud kuningda aziz singiljon,

Istagan narsangni qilaman xozir.

«Oq otli shaxzoda — qani?» desalar,

Afsuski, men bunga emasman qodir.

So‘ralsa, «Bu qanday bo‘ladi sodir?»,

Javobi:»Bularni biladi taqdir!».

Tavallud ayyoming, bo‘lsin muborak,

Ezgu tilaklarim, aytishim kerak.

Lekin tilaklarim, ta’riflash uchun,

Shuncha qidirsam xam. so‘z yetmas nechun?

Yosh eding, u paytda, tug‘ilgan kuning

Yemoqchi bo‘lganding, tortni bir o‘zing.

Shul sabab keltirdim, kattakon tortni,

Takrorlab qolma deb, o‘sha odatni!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz