Akajonim, bugun biz,

Xizmatingiz qilurmiz.

Barchada bo‘lgan kabi,

Bordir buning sababi.

Bu ayyom kundir bugun,

Tavallud kundir bugun!

Bugun ertalabdanoq,

SMS lar «oqmoqda».

Siz bir kunlik «chaqaloq»,

Toyib ketmang so‘qmoqda!

Yangam bugun qarasam,

Ikki qo‘li «tijorat»,

Demak bilsam-bilmasam,

Bugun uyda ziyofat.

Mayli Aka, bizni Siz,

Aytmasangiz rozimiz.

Lekin xafa bo‘lamiz,

Olmasangiz sovg‘amiz!

Tug‘ilgan kuningiz ekan ertaga,

Yomg‘ir xam quyyapti, xuddi jo‘rttaga.

Xayot bo‘lganida onamiz agar,

Xatto tosh yog‘sa xam kelar edilar!

Akajon tug‘ilgan kuningiz bilan,

Qutlamoq istayman, qisqaroq qo‘lim.

Arzimas bo‘lsa xam, sovg‘a olganman,

Sovg‘amni qaytarmang, sinmasin ko‘nglim.

Akajon, yetdi fursat,

Agar bersangiz ruxsat,

Tavallud kuningizda,

Turaylik yoningizda.

Qalbingizni butlaymiz,

Ayyom bilan qutlaymiz!

© MUALLIF

От qwert.uz