Tug‘ilgan kuningizda,

Ne kechdi dilingizda.

«Unutdilar» deb bizni,

Qiynamang o‘zingizni.

Barcha do‘stlar yig‘ildik,

Uyingizga yo‘l oldik!

Go‘yo bo‘ldi kulguli,

Yoshingizni so‘rasam.

Endigina bir kunlik,

Bo‘libsizku qarasam!

Tug‘ilgan kuningizda,

Xizmat qilmoq burchimiz.

Eshigingiz poyida,

Saf tortamiz barchamiz!

Ushbu tavallud kuni,

Ayyom bilan qutlaymiz.

Eng sara tilaklarni,

Mudom sizga yo‘llaymiz!

Baxorlar qancha-qancha,

Qarshilashga ulgurib.

Yillar esa shoshgancha,

Chopib borar yugurib.

Boshlar yerga tekkuncha,

Ta’zim qilsin bukilib.

Muborak tavallud kun,

Bazm qilurmiz bugun!

Bugun Siz tug‘ilgan kun,

Muborakbod etamiz.

Varaqlab qalb daftarin,

Tilaklarni bitamiz!

Bayramlar ko‘p dunyoda,

Barin sanasak bugun,

Xammasidan ziyoda,

Albatta tug‘ilgan kun.

Ayyom muborak bo‘lsin,

Qalblar quvonchga to‘lsin!

Bugun erta tongdanoq,

O‘zgacha taraddudlar.

Barcha do‘stlar bugunoq,

Tavallud bilan qutlar.

Foydalanib fursatdan,

Tabarruk bayram bilan,

Paydo bo‘lib to‘satdan,

Qutlaymiz ayyom bilan!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz