Sirdaryoda suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Telegram

“1-may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 258-moddasi 2-qismi “b” bandi (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish DXX organlariga yuklatilgan.

Sirdaryo viloyatida 1-may kuni tongda Sardoba suv ombori to‘g‘oni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuz bergan; 2-may tongi holatiga ko‘ra 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga ko‘chirilgan, kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan

От qwert.uz