Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida bir kunda 37 bosh qo‘y va bir bosh ho‘kiz so‘yilib, “Saxovat va ko‘mak” karvoni sifatida qishloqlarga yo‘l oldi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

Ta’kidlanishicha, bugun, 2-may kuni tuman hokimi Zoir Aliqulov boshchiligidagi sektor rahbarlari tashabbusi bilan “Saxovat va ko‘mak” avtokarvoni tashkil etilib, 14 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari dezinfeksiya qilingan holda 214 ta ehtiyojmand oilaga yetkazilgan.

Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

“Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan xayriya tadbirini davom ettirib, bir hafta davomida 537 ta ehtiyojmand oilaga 14 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdik. Bu borada bizga beminnat ko‘mak berayotgan tadbirkorlarga tumandoshlarimiz nomidan minnatdorchilik bildiramiz”, — deydi tuman hokimi Zoir Aliqulov.

Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

Tuman IIB boshlig‘i G‘ayrat Haydarov boshchiligidagi IIB xodimlari ham o‘z hisobidan 50 ta xonadonning har biriga 450 ming so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ulashgan.

Foto: Dehqonobod tuman hokimligi

Qo‘shimcha qilinishicha, tumanda ehtiyojmand oilalarning 837 nafar vakili bandligi ta’minlangan. Shundan 775 nafari mavsumiy ishga jalb qilingan bo‘lsa, 52 nafari jamoatchilik ishlari bilan band etilgan.

Bundan tashqari ehtiyojmand oilalarga 147 gektar yer ham ajratilib, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun imkoniyat yaratib berilgan.

От qwert.uz