Sardobadagi falokatda Milliy gvardiya xodimi halok bo‘ldi. Yana biri bedarak yo‘qolgan
Sardoba suv omborida 1-may kuni yuz bergan favqulodda holatning ilk soatlarida tezkor guruh tarkibida evakuatsiya qutqaruv ishlarida ishtirok etgan Milliy gvardiyaning ikki xodimi kuchli oqim sabab oqib ketgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Oqibatda Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi, serjant Husniddin Suyarov tabiiy ofatga qarshi kurashish jarayonida halok bo‘lgan. “Hozirda ikkinchi xodimni qidirish ishlari davom etmoqda”, — deyiladi Milliy gvardiya axborotida.

Serjant Husniddin Suyarov.
Foto: Milliy gvardiya