Mirzacho‘l qishlog‘ida M-39 yo‘li yoqasidagi suvda qolgan bino.

Foto: “Gazeta.uz” / Nikita Makarenko

“Gazeta.uz” nashri jurnalisti Nikita Makarenko Sirdaryo viloyatida 1-may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilib ketishio oqibatida yuz bergan suv toshqinidan jabr ko‘rgan mahalliy aholi, shuningdek, ofat hududida ishlayotgan turli idoralar xodimlari bilan suhbatlashdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Sardoba suv omboridan chiqqan suv oqimlari M-39 avtoyo‘lidan toshib, shimol tomonga o‘tmoqda. Oldinda — qulab tushgan ko‘prik.

Foto: “Gazeta.uz” / Nikita Makarenko

Qutqaruv operatsiyasi ishtirokchisi:

“Juma kuni suv ostida qolgan qishloqdan barcha aholi evakuatsiya qilindi. U yerda hech kim qolmagan, deb hisoblanilayotgandi. Qanchadir vaqtdan keyin xodimlar ikki qavatli uy oldidan o‘tarkan, ikkinchi qavatda o‘tirgan keksa ayolni to‘satdan ko‘rib qoldi. U deraza oldida xotirjam o‘tirar, birinchi qavat esa suv bilan to‘lgandi. Podyezd orqali kirib bo‘lmasdi. U ketishni unchalik ham xohlamadi, ko‘ndirishga majbur bo‘ldik. Keyin uni oynadan chiqarib olishdi. U faqat o‘z nevaralaridan xavotirda edi. ‘Nevaralarim qani?’ — derdi. Ularni esa allaqachon qutqarishgandi”.

Mirzacho‘l qishlog‘ida suv oqimlaridan vayron bo‘lgan uylar.

Foto: “Gazeta.uz” / Nikita Makarenko

Mirzacho‘l qishlog‘ida yashovchilardan biri:

“Biz uyga kirmaymiz, uyda bizga hech narsa kerak emas. Faqat mollarimni olib chiqishga ruxsat bering. Kirib faqat sigirlarimni olib chiqaman. Uyga kirmaymiz, bilamiz, xavfli. Va’da beramiz. Cho‘kib ketmaymiz, mana, ukam bilan boramiz. U yerda sigirlarimiz bor. Ularni olib chiqishimiz kerak”.

Mirzacho‘l qishlog‘ida suv ostida qolgan ekin maydonlari.

Foto: “Gazeta.uz” / Nikita Makarenko

Milliy gvardiya xodimi:

“Voqea juma kuni bo‘ldi. Suv tezlik bilan kirib kela boshladi. Bir oila uyda qolib ketibdi, ular qochishga ulgurmay qolgan. Atrof suv bilan to‘lib bo‘lgan. Bir gvardiyachi, yosh yigit, o‘sha yergacha suzib bordi va to‘qqiz kishini olib chiqdi, hammani qutqardi”.

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi suv ostida qolgan qishloq xo‘jaligi yerlari.

Foto: “Gazeta.uz” / Nikita Makarenko

Huquqni muhofaza qilish organi xodimi:

“Biz tashlab ketilgan binolarni qo‘riqlayapmiz. Ham talonchilardan, ham aholining o‘zidan. Qanchalik xavfli bo‘lmasin, aholi bu yerga qaytishga urinyapti. Masalan, kimningdir uyda pasporti, hujjatlari qolib ketgan. U hujjatlar kerak bo‘ladi deb o‘ylab, uyigacha suzib borishga harakat qilyapti. Biz esa ularni tutib olyapmiz. Bir kishi pullarini deb o‘tib ketibdi, keyin qarasam hamma-hamma pullarini quyoshda yoyib, qurityapti…”.

M-39 avtoyo‘lining Toshkentga qayrilish joyi. Suv aholining shaxsiy buyumlarini oqizib kelgan.

Foto: “Gazeta.uz” / Nikita Makarenko

Qutqaruv operatsiyasi ishtirokchisi:

“Suv juda kuchli vayronkor kuchga ega edi — beton bloklarni qanday irg‘itib tashlaganini ko‘ring. Yo‘lni shunchaki yuvib yuborgan. Ikki kun uxlamadik. Kecha (shanba kuni), bu yerga qo‘shimcha kuch, odamlar keldi, shunda biroz uxlab oldim”.

Evakuatsiya qilingan aholi Mirzaobod tumanidagi 3-bolalar bog‘chasidagi vaqtinchalik joylashtiruv markazida insonparvarlik yordamini tanlab olmoqda.

Foto: “Gazeta.uz” / Nikita Makarenko

Huquqni muhofaza qilish organi xodimi:

“Qutqarishga ulgurilmagan ayrimlar tomlarda o‘tirgan ekan. Xodimlar boshliqqa u tomonda odamlar tomda o‘tirganini ma’lum qildi. Boshliq vertolyot jo‘natdi, fotosuratlarda ko‘rdingiz — shunaqasi ham bo‘ldi. Odamlarni qutqarib olib kelishdi, uchuvchilar esa yana boraylik, deb yonib turibdi-da — yana uchib, yana qolib ketgan odamlarni ko‘rdik. Qutqarilmagan hech kim qolmadi”.

Evakuatsiya qilingan bolalar Mirzaobod tumanidagi 3-bolalar bog‘chasi hovlisida futbol o‘ynamoqda.

Foto: “Gazeta.uz” / Nikita Makarenko

От qwert.uz