Karantin tufayli harakatlanish cheklandi, buning ortidan turli uchrashuvlar onlayn o‘tkazila boshlandi. So‘nggi paytda Zoom videokonferensiyalar dasturi ommalashdi, deb yozadi Esquire  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Legion Media

Biroq AQShda ushbu dasturdan nafaqat hamkasblar va qarindoshlar, balki jonivorlar bilan ko‘rishish uchun ham foydalanishmoqda.

It boqib olmoqchi bo‘lganlar servis yordamida ularning boshpanasi xodimlari bilan bog‘lanib, jonivor bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Talabgorlar jonivor haqidagi barcha savollarga javob olishi, uni ko‘rib, yaqindan tanishishi mumkin.

Digital Trends@DigitalTrends

You can now meet and adopt an adorable shelter dog via Zoom.

Embedded video

404:30 AM — May 13, 2020Twitter Ads info and privacy24 people are talking about this

Bunday imkoniyatni itlar uchun ozuqa ishlab chiqaradigan Pedigree kompaniyasi va jonivorlarni himoya qilish bo‘yicha Nashville Humane Association assotsiatsiyasi taqdim etdi.

От qwert.uz