Navoiy kon-metallurgiya kombinati hududidagi suv quvurlarini o‘g‘irlagan shaxslar qamoqqa olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
9-fevraldan 14-fevralga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar Navoiy kon-metallurgiya kombinati Tashqi suv ta’minoti boshqarmasi hisobidagi “Karakata” nasos stansiyasiga qarashli temir suv quvurlarining Konimex tumani “Karakata” ovuli hududidan o‘tgan qismidan 2 457 metr bo‘lgan temir suv quvurlarini yerning ustki qatlamiga chiqib ochilib qolgan joylaridan kesib olib, yashirin ravishda talon-toroj qilib, kombinatga jami 196 959 116 so‘mlik moddiy zarar yetkazgan.
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Holat yuzasidan Konimex tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (Juda ko‘p miqdordagi o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti
Olib borilgan tergov harakatlari davomida mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan 33 yoshli Sh.O., 34 yoshli F.K. va B.R. sodir etgani aniqlangan. Jinoyat ishi bo‘yicha ularga tegishli modda bilan ayb e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.