Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani hamda sobiq bosh vazir Abdulla Abdulla 17-may kuni hukumat boshqaruvini bo‘lib olish haqidagi kelishuvni imzoladi. Bu haqda prezident vakili Siddiq Siddiqiy xabar qilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Abdulla Abdulla hamda Ashraf G‘ani
Foto: Reuters
“Ashraf G‘ani hamda Abdulla Abdulla o‘rtasida siyosiy bitim imzolandi. Abdulla Abdulla yarashtirish bo‘yicha Oliy milliy kengashga rahbarlik qiladi. Uning vakillari Kengash a’zoligiga va Vazirlar mahkamasi tarkibiga kiritiladi”, – deb yozgan Siddiq Siddiqiy Twitter’da.
Afg‘onistonning saylangan prezidenti Ashraf G‘ani 9-mart kuni qasamyod qilgan va faoliyatga kirishgan. Saylovlarda mag‘lub bo‘lganini tan olmagan Abdulla Abdulla ham shu kunning o‘zida parallel ravishda prezident sifatida inauguratsiya marosimini o‘tkazgan. Ikki kun o‘tgach, Ashraf G‘ani tomonidan mamlakat hukumatidagi bosh vazir lavozimi bekor qilingan.