O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati bo‘yicha davlat qo‘mitasi axborot xizmati Turkiyaning Barer Holding kompaniyasi bilan Toshkent viloyatida harbiy tekstil sanoatini yo‘lga qo‘yish va ikki maqsadga mo‘ljallangan tekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan qo‘shma korxona ish boshlayotgani, shuningdek, korxonaning Sirdaryo viloyatida Sardoba falokatidan talafot ko‘rganlarga ko‘mak berganini xabar qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Prezident Xalq qabulxonasi axborot xizmati

Barer Holding kompaniyasi rahbariyati hamkorlikdagi investitsion loyihalarni amalga oshirish bilan bir qatorda Sirdaryo viloyatining Sardoba suv ombori to‘g‘oni buzilishi va suv toshqini yuzaga kelishidan jabr ko‘rgan mahalliy aholiga ko‘mak berish maqsadida 250 ming dollar miqdorida xayriya mablag‘i ajratdi, deyilgan xabarda.

От qwert.uz