Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonda soliq hisobiga qo‘yildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Soeren Stache

Facebook ijtimoiy tarmog‘iga egalik qiluvchi, Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan Facebook Technologies Ireland Limited 19-may kuni ro‘yxatga olingan.

2020-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) to‘lash tartibi joriy etilgandi. Ayni paytda ushbu ro‘yxatga olingan xorijiy internet-kompaniyalarning soni o‘ntadan oshdi.

Xususan, QQS bo‘yicha birinchi to‘lov Google kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. Kompaniya birinchi chorak uchun O‘zbekistonda 85 ming yevro to‘lagandi. Apple esa I chorakdagi faoliyati natijalariga ko‘ra, davlat budjetiga 59,2 ming dollar miqdorida soliq to‘lagandi.

От qwert.uz