“Napoli” hujumchisi Arkadiush Milik yozda jamoasini almashtirishi mumkin.

Foto: Getty Images

Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, 26 yolshi polshalik futbolchiga “Atletiko”, “Yuventus”, “Tottenhem” va “Arsenal”dan qiziqish bor  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Neapolliklar Milik transferidan 50 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan. Hujumchining klub bilan amaldagi kelishuvi 2021-yil yoziga qadar mo‘ljallangan va mazkur shartnomaning uzaytirilish ehtimoli juda kam.

Joriy mavsum Milik “Napoli” safida A Seriyada 16 o‘yin o‘tkazib, 9 ta golga muallif bo‘ldi. Milik 2016-yil yozida “Ayaks”dan “Napoli” safiga ko‘chib o‘tgandi.

От qwert.uz