Jizzax shahridagi Jizzax markaziy dehqon bozori qarzdorligi sababli yakka tartibdagi tadbirkorga 610 million so‘mdan ortiq mablag‘ni to‘lashga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Majburiy ijro byurosi ma’lum qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Xabar berilishicha, Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining 2019-yil 22-apreldagi qaroriga asosan, qarzdor Jizzax markaziy dehqon bozori aksiyadorlik jamiyati hisobidan yakka tartibdagi tadbirkor “Soatov Musurmonqul” foydasiga 610 288 900 so‘m qarzdorlik undirish belgilangan.

Mazkur qarzdorlikni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Jizzax shahar bo‘limi ish yurituviga 2019-yil 23-oktabrda kelib tushgan va shu kunning o‘zida ijro ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, taraflarga ma’lumot va ijro uchun yuborilgan.

Ijro harakatlari davomida qarzdor Jizzax markaziy dehqon bozori AJning bankdagi mavjud hisobraqamlariga elektron tarzda inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan hamda tegishli organ va tashkilotlarga so‘rov xatlari yuborilgan va javob xatlari olingan. Olingan javob xatlariga ko‘ra, qarzdor Jizzax markaziy dehqon bozori AJga tegishli Jizzax shahridagi “Ulug‘bek” MFY hududida joylashgan “Baliq mahsulotlari” nomli savdo majmuasi mavjudligi aniqlangan hamda E-ijro auksion savdo maydonchasiga sotuvga chiqarilgan.

O‘tkazilgan onlayn savdo natijasida ushbu savdo majmuasi sotilgan va sotuvdan tushgan pul mablag‘i hisobidan undirilishi lozim bo‘lgan 610 288 900 so‘m qarzdorlik to‘liq undirilib, YaTT “Soatov Musurmonqul” hisobraqamiga o‘tkazib berilgan.

От qwert.uz