Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan bahslar 27-may, chorshanba kuni yakunlandi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Twitter

“Leypsig” o‘z uyida “Herta”ni qabul qildi va mazkur o‘yinda jangovar durang qayd etildi. 9-daqiqada Marko Gruyich berlinliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 24-daqiqada Lukas Klostermann muvozanatni tikladi. 68-daqiqada Patrik Shikning zarbasidan keyin mehmonlar darvozaboni avtogol muallifiga aylandi. 82-daqiqada Kshishtof Piontek penaltini aniq amalga oshirgan holda yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“Hoffenhaym” o‘zida “Kyoln”ga imkon qoldirmadi. “Shalke-04” esa yana mag‘lubiyatga uchradi. “Augsburg” — “Paderborn” va “Union Berlin” — “Mayns” uchrashuvlari durang bilan yakun topdi.

Bundesliga

28-tur bahslari

27-may, chorshanba

“Leypsig” — “Herta” 2:2

Gollar: 0:1 – 9 Gruyich, 1:1 – 24 Klostermann, 2:1 – 68, avtogol Yarsteyn, 2:2 – 82, penalti Piontek.

“Hoffenhaym” — “Kyoln” 3:1

Gollar: 1:0 – 11 Baumgartner, 2:0 – 46 Baumgartner, 3:0 – 48 Suber, 3:1 – 60 Kayns.

“Fortuna” — “Shalke-04” 2:1

Gollar: 0:1 – 53 Makkenni, 1:1 – 63 Hennings, 2:1 – 68 Karaman.

“Augsburg” — “Paderborn” 0:0

“Union Berlin” — “Mayns” 1:1

Gollar: 0:1 – 13 Baku, 1:1 – 33 Ingvartsen.

От qwert.uz