Putin Moskvada o‘tadigan G‘alaba paradiga barcha MDH davlatlari rahbarlarini taklif qildi

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Ikkinchi jahon urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan va 24-iyun kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan harbiy paradda ishtirok etadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “RIA Novosti”

Tojikiston prezidenti ijro apparati tomonidan ma’lum qilinishicha, Emomali Rahmon Rossiya prezidenti tomonidan yuborilgan paradda ishtirok etish haqidagi taklifni qabul qilgan.

Qayd etilishicha, ayni paytda Tojikiston prezidentining Moskvaga tashrifi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ustida ish olib borilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Vladimir Putin G‘alaba paradiga MDH tarkibiga kiruvchi barcha mamlakatlar yetakchilarini taklif qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat sabab 9-mayda o‘tishi lozim bo‘lgan G‘alaba paradining o‘tkazilishini kechiktirgan, biroq tadbirlarning qaysi sanada o‘tishiga aniqlik kiritmagandi. Keyinroq Putin paradning 24-iyun kuni o‘tkazilishini ma’lum qildi.