Turkiyaning Star telekanali rahbariyati Neslihan Atagul bosh rolni ijro etgan “Elchining qizi” seriali translyatsiyasini uzaytirishga qaror qildi, deb yozadi “Rusturkey.com”.

Foto: Getty Images

Serialni suratga olish ishlari ikki oylik karantin vaqtida to‘xtab qolgan edi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Qayd etilishicha, telekanal prodyuserlari va loyiha mualliflari ishtirokidagi majlisda serialning ikkinchi mavsumini suratga olishni zudlik bilan boshlashga qaror qilingan.

Serial ijodkorlari “Elchining qizi” bir necha yil davomida telekanal orqali efirga uzatilishi mumkinligini ham istisno qilmagan.

“Elchining qizi” seriali ikki sevishgan yoshlar Sanjar va Narening taqdiri haqida. Qiz va yigitning oilasi ularning birga bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi. Yoshlar hech narsaga qaramay, yashirin tarzda nikohdan o‘tishga qaror qiladi. Biroq o‘sha kuni Nare sirli ravishda g‘oyib bo‘ladi…

Neslihan Atagul o‘zbek tomoshabinlariga “Ishq sohillari” va “Sevgi iztirobi” seriallaridagi obrazlari bilan yaxshi tanish.

От qwert.uz