Amerikalik UFC jangchisi Dastin Porye ancha vaqt oldin Toni Fergyuson va Jastin Getji o‘rtasidagi jangda Getjining nokaut evaziga g‘olib chiqishiga ishonganini aytdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: UFC

“Jangdan bir yarim oy avval bashorat qilgandim va unda Jastin Tonini nokautga uchratishini aytgandim. Barcha meni heyterga (kimnidir yomon ko‘ruvchi shaxs) chiqardi. Jastin ustidan g‘alaba qozonganim sabab uning yutug‘iga ishonayotganimni ta’kidlashdi. Biroq aslida hammasi boshqacha. Shunchaki u Toni uchun noqulay raqib.

Ularning jangi meni hayron qoldirmadi. Birgina hayron qoldirgan jihat — Tonining shuncha vaqt turib bergani”, — deydi Porye.

Eslatib o‘tamiz, 10-may kuni bo‘lib o‘tgan UFC 249 musobaqasining asosiy jangida Getji Fergyusonni 5-raundda nokautga uchratgan holda yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempioniga aylandi. Endilikda Jastin mazkur toifa chempioni Habib Nurmagomedov bilan jang qilish uchun asosiy da’vogarga aylandi.

От qwert.uz