Checheniston xalq artisti San Jay kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovga atab qo‘shiq kuyladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“Assalomu alaykum, aziz muxlislarim va mehnatkash o‘zbek xalqim! Hammamizga ma’lumki, vatandoshimiz Alisher Burhonovich Usmonov xalqimizning og‘ir damlarida doimo yordam qo‘lini cho‘zib kelmoqda. Bilmaganlar uchun foto va videoma’lumotlar qoldirdim. Xalqimiz o‘z qahramonlarini bilishi kerak, deb o‘ylayman. Shuning uchun minnatdorchilik tariqasida Alisher Burhonovich uchun qo‘shiq yozib, unga videoklip olib, sovg‘a qilishga qaror qildim. Alisher Burhonovich, yana bir bor sizga katta rahmat, o‘zbek xalqi uchun har bir qilingan yaxshiliklaringiz uchun!”, — deb yozadi San Jay.

От qwert.uz