“Bavariya” hujumchisi Tomas Myuller jahon futboli yulduzlaridan kim bilan bir jamoada o‘ynashni xohlashi to‘g‘risidagi savolga javob berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: AllFootball

“Ehtimol, ortda qolgan yillarda Lionel Messi bilan o‘ynashni xohlagan bo‘lardim, chunki faoliyatimning dastlabki 6-7 yilida men ko‘proq hujumchi edim. Hozir ham juda yaxshi formadaman, asosan sheriklarimni to‘p bilan ta’minlayapman. Balki, hozir Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynaganim ma’quldir. Ammo “Bavariya”da Robert Levandovski bor. Menimcha, hozir u Ronaldudan yaxshiroq variant.

Men Messi va Ronalduga qarshi o‘ynaganman. Ularning o‘ziga jihatlari bor, odatiy yaxshi futbolchilardan ajralib turadi. Ular yetuk futbolchilardir. Chunki ikkisi doimo yuqori darajada o‘ynaydi”, — deydi Myuller.

Tomas Myuller “Bavariya” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2008-yildan beri Myunxen klubida to‘p surib keladi. Shu yilning aprel oyida u amaldagi shartnomasini 2023-yilning 30-iyunigacha uzaytirdi. Joriy mavsumda Myuller Germaniya chempionatida 29 o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan va 18 ta golga assistentlik qilgan.

Levandovskidan ajoyib pas, Myullerdan esa yakunlovchi zarba

От qwert.uz