Andijonda mast holda svetofor o‘rnatilgan temir to‘singa chiqib olib, tomosha ko‘rsatgan fuqaro 15 sutkaga qamalgani haqida xabar berilgandi. Ta’kidlanishicha, fuqaro hokimlik va sud o‘rtasida sarson bo‘lgani sabab shu kabi yo‘l majbur bo‘lgan. Bu haqda MY5 kanalining “Hudud” dasturida ma’lum qilindi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Kadr: Telegram

“Hokimiyatga borsak, sudga bor dedi. Sudga kelsak, viloyat hokimligiga bor dedi. O‘rtada sarson qilib yubordi. Bizning ota-onamiz yo‘q, sharoitimiz og‘ir. Mehribonlik uyida katta bo‘lganmiz. Ilojim qolmagani sabab shu ishni qildim”, — deydi fuqaro.

Fuqaro O.R. Andijon shahridagi “Sanoat” MFYda joylashgan yashash xonadonining 15 kun avval hokimlik vakillari kelib buzilishi haqida aytganidan so‘ng shunday yo‘l tutishga qaror qilgan. Huquqbuzar IIB, Milliy gvardiya va FVV xodimlari yordami bilan maxsus to‘rga sakrab tushgan va jiddiy jarohat olmagan. Tekshiruv chog‘ida uning spirtli ichimlik ichgani ma’lum bo‘lgan.

Mutasaddilarning ta’kidlanishicha, mazkur ishini o‘rganishganda u noqonuniy uyda yashashi, doimiy yashash joy esa Xo‘jaobod tumanida ekanligi ma’lum bo‘lgan va u hokimlikka ariza bilan murojaat qilmagan.

O.R.ga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi bilan bazaviy hisoblashning 2 baravari miqdorida jarima, mazkur kodeksning 183-moddasi bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

От qwert.uz