Iroq terma jamoasi oktabr oyidagi FIFA kunida O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdan bosh tortdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: O‘FA

Qatarda faoliyat yuritayotgan mutasaddi Alisher Nikimbayevning xabar qilishicha, Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets 8-oktabr kuni Toshkentda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish taklifini rad etgan.

Iroq 13-oktabr kuni Gonkong uyiga safar qiladi. O‘zbekiston va Gonkong orasidagi masofaning uzoqligi iroqliklarning rad javobiga sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, oktabr oyidagi FIFA kunlaridan boshlab JCh—2022 musobaqasining saralash bahslari davom ettiriladi. 8-oktabr kuni 7-tur bahslari bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston terma jamoasi dam oladi. 13-oktabrda Vadim Abramov shogirdlari safarda Yaman bilan o‘ynaydi.

От qwert.uz