MIB Shahrixon tuman bo‘limi xodimlari voyaga yetmagan uch va olti yoshli bolalarni ota qaramog‘idan ona tarbiyasiga olib berdi. Bu haqda “Daryo”ga MIB Andijon viloyat boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ta’kidlanishicha, oilaviy kelishmovchilik sabab fuqaro R.S. turmush o‘rtog‘ining uyidan ketishga majbur bo‘lgan. Biroq farzandlarini olib ketolmagach, sudga murojaat qilgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining 2020-yil 4-mart kunidagi ijro varaqasiga asosan MIBga ayolning sobiq turmush o‘rtog‘i qaramog‘ida bo‘lgan farzandlarini majburiy tartibda olib berish majburiyati yuklatilgan va MIB Shahrixon tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

MIB xodimlari tomonidan otaga bolalarini onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan. Lekin ota farzandini onasiga berishdan bosh tortgan. Shunga ko‘ra, joriy yilning 28-may kuni davlat ijrochilari tegishli organlar va xolislar ishtirokida ikki nafar voyaga yetmagan farzand onasi R.S. tarbiyasiga olib bergan. Shuningdek, javobgar otadan 461 610 so‘m miqdorida sud boji undirilgan.

От qwert.uz