Madridning “Real” klubi La Liga 29-turi doirasida “Valensiya” 3:0 hisobida mag‘lub etdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Twitter / @B/RFootball

Madrid klubi safida Karim Benzema dublga erishdi. Bu 32 yoshli hujumchi uchun “Real” safidagi barcha musobaqalarda urilgan 243-gol sifatida tarixdan joy oldi. Bu orqali u “Real” tarixidagi beshinchi raqamli eng yaxshi to‘purarga aylandi. Benzema 242 ta gol urgan afsonaviy hujumchi Ferens Pushkashni ortda qoldirdi.

Karimdan oldin quyidagi futbolchilar bor:

  1. Krishtianu Ronaldu — 450
  2. Raul — 323
  3. Alfredo di Stefano — 308
  4. Santilyana — 290

От qwert.uz