Uzcard terminallarining nima sababdan o‘chirilayotganiga izoh berildi

Yagona umumrespublika protsessing markazi Uzcard to‘lov tizimida terminallarning o‘chirilayotgani haqida internetda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy izoh berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Unga ko‘ra PCI DSS talablariga javob bermaydigan eski, foydalanishga yaroqsiz terminallar o‘chirilmoqda. Ushbu standart to‘lov karta egalari ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlashga mo‘ljallangan 12 batafsil talablar to‘plamidan iborat. Standart Visa, MasterCard, American Express, JCB va Discover xalqaro to‘lov tizimlari tomonidan tashkil etilgan to‘lov kartalari sanoati xavfsizligi standartlari kengashi (Payment Card Industry Security Standards Council, PCI SSC) tomonidan ishlab chiqilgan.

Turli xil moliyaviy vositalarning o‘zaro ta’siri bilan bog‘liq murakkab mexanizm bo‘lgan bank tuzilishi, har doim to‘lovlarni va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish uchun faqat eng ishonchli uskunalarga muhtoj. Uskunalar eskirib qolishi tufayli ularni ta’mirlashda, biznesni yuritish va boshqarishda ko‘plab qiyinchiliklar yuzaga keladi, boshqa uskunalar va tizimlarning dasturiy ta’minoti bilan o‘zaro bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi.

Shu sababli 2020-yil 1-iyundan 15-iyungacha Uzcard tomonidan to‘xtatilgan terminallar qariyb 6-7 yil davomida ishlatilgan, vaholanki savdo POS-terminallarining xizmat muddati o‘rtacha 5 yilni tashkil etadi. Ushbu operatsiyani bajarish odatiy jarayon bo‘lib, eskirgan terminallarni o‘chirishdan oldin Uzcard dasturiy ta’minoti eskirgan tijorat banklarini qayta-qayta yozma ravishda ogohlantirib, barcha xalqaro talablarga javob beradigan yangisiga almashtirishni tavsiya etadi. Bunday terminallar o‘chiriladi va qayta dasturlanadi.

Terminal uskunalarining o‘zi ham PCI DSS reglamentiga javob berishi kerak. Bank uskunalarini faqatgina yangi, zamonaviy va qulay texnik yechimlar bilan o‘z vaqtida almashtirgan holda ma’naviy va funksional eskirish muammosini hal qilish mumkin, aks holda dasturiy ta’minotni yangilab bo‘lmaydi.

Ushbu holatda ham jarayon odatdagidek amalga oshiriladi. Tijorat banklariga uskunalarni almashtirish zaruriyati to‘g‘risida oldindan xabar beriladi. Terminallarni almashtirish barcha banklar tomonidan bepul amalga oshiriladi. Tadbirkorlar terminallarni qayta dasturlash va almashtirishda yuzaga keladigan barcha muammolar yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi bankning eng yaqin filialiga murojaat qilishi mumkin.

Uzcard savdo terminallarini sotish bilan shug‘ullanmaydi, tijorat banklari barcha zarur uskunalarni mustaqil ravishda sotib oladi.

Yangi dasturiy ta’minotga o‘tish 2018-yil 23-martdagi “Bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda. Qarorga binoan Milliy to‘lov operatori 2018-yil 1-iyulga qadar mamlakatdagi to‘lov tizimlarini asosiy xalqaro to‘lov tizimlari bilan o‘zaro birlashtiradi, bu esa norezident plastik kartalarni mamlakatning barcha to‘lov terminallari tarmog‘ida qabul qilinishini ta’minlaydi. Yangi dastur UnionPay International, MasterCard, VISA, NSPK “Mir” kabi xalqaro to‘lov tizimlarining karta egalariga O‘zbekistondagi istalgan savdo nuqtalarida plastik kartalardan erkin foydalanish, shuningdek, kobeyjing bank kartalaridan foydalanish imkonini beradi, deyiladi markaz axborotida.