AQShning Portlend shahrida irqchilikka qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazayotgan olomon birinchi prezident Jorj Vashingtonning haykalini o‘rnatilgan joyidan qulatgan. Vandallar hujumi videosi YouTube’da e’lon qilingan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.

Foto: Twitter

Qayd etilishicha dastlab namoyish o‘tkazayotganlarning bir guruhi AQSh bayrog‘ini haykal ustiga otib, uni yoqib yuborgan.

Keyinchalik namoyishchilar soni yana oshgan va ular Vashington haykalini qulatgan. Haykal ustiga turli yozuvlar yozib tashlangan, shuningdek “1619” yozuvi, ya’ni Amerikaga ilk bor qullar olib kelingan yilni ifodalovchi vaqt yozib qo‘yishdi.

Foto: KGW

Foto: OPB

Avval AQShdagi norozilik namoyishida vandallarning Asoschi-ota sharafiga qo‘yilgan haykalni vayron qilgani, Fransiyada esa de Goll byustini qizil bo‘yoq bilan bejab tashlashgani xabar qilingan. AQShda Xristofor Kolumb haykallariga ham ko‘plab hujumlar uyushtirilgan, Belgiyada, Buyuk Britaniyada ham quldorlik ramzi hisoblangan tarixiy shaxslarning haykallari vandalizm qurboni bo‘lmoqda.

От qwert.uz