?????????

O‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tgan Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik institutlari talabalar uchun to‘lov-kontrakt puli miqdorini e’lon qilgan. Bu haqda bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram’dagi kanalida xabar qilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

2020-yil 12-iyunda qabul qilingan PQ–4749-sonli Prezident qarorining 6-bandida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini o‘zi belgilash huquqi berilgan. Shuningdek ularga bir hafta ichida kontrakt miqdorlarini OAVda e’lon qilish topshirilgan edi.

O‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan 10 ta OTMning 5 tasi to‘lov-kontrakt miqdorlarini e’lon qilgan.

Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan belgilangan to‘lov-kontrakt miqdori

Foto: Telegram / @xushnudbek

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti belgilagan to‘lov-kontrakt miqdori

Foto: Telegram / @xushnudbek

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti belgilagan to‘lov-kontrakt miqdori

Foto: Telegram / @xushnudbek

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti belgilagan to‘lov-kontrakt miqdori

Foto: Telegram / @xushnudbek

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti belgilagan to‘lov-kontrakt miqdori

Foto: Telegram / @xushnudbek

Samarqand davlat chet tillar instituti belgilagan to‘lov-kontrakt miqdori

Foto: Telegram / @xushnudbek

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti belgilagan to‘lov-kontrakt miqdori

Foto: Telegram / @xushnudbek

Yuridik universitetda kontrakt narxi avvalgidan ko‘tarilib ketmagan, aksincha biroz arzonlashgan.

Shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati 19-iyunda o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan 10 ta OTM rahbarlari ishtirokida majlis o‘tkazilgani, unda Prezident qaroridan kelib chiqib, to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash masalasi muhokama qilinganini xabar qilgan.

Xabarda pandemiya sharoitidan kelib chiqib, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, talaba-yoshlarning tahsil olishi uchun qulay sharoitlarni yaxshilash maqsadida 2020/2021-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorini oshirmaslikka qaror qilingani ta’kidlangan.

От qwert.uz