AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Trampning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Boltonning maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan memuarlarni nashr etish to‘g‘risidagi qarorini qoraladi va uni sotqin deb atadi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Financetime

Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, u Boltonning asarini to‘liq o‘qimagan, ammo u o‘qigan parchalardan sobiq maslahatchi “juda ko‘p yolg‘on bayonotlar, yarim haqiqat va ochiqdan ochiq uydirmalar tarqatmoqda”, degan xulosaga kelgan.

“Jon Boltonning so‘nggi jamoatchilik roli bu o‘z xalqining muqaddas ishonchini suiiste’mol qilib Amerikaga zarar etkazgan xoin bo‘lishi ham ayanchli, ham xavflidir”, — deb yozgan u Twitter’dagi sahifasida.

Boltonning hali chop etilmagan kitobidan parchalar birinchi marta yanvar oyida nashr etilgan. Unda Ukrainaga harbiy yordam ajratish to‘g‘risida AQSh prezidenti Donald Tramp bilan 2019-yil yozida bo‘lib o‘tgan suhbati tilga olingan. O‘shanda New York Times Boltonning kitobi, agar prezidentning sobiq maslahatchisi davlat rahbari impichmenti bo‘yicha Senatga chaqirilgudek bo‘lsa, o‘qib eshittirishi mumkin bo‘lgan “qoralamalar” ekanligini ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, 71 yoshli Jon Bolton 2018-yilning aprel oyidan Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan. 2019-yilning kuzida u prezident tashabbusi bilan iste’foga chiqqan. Tramp Boltonning bo‘shatilishiga ular o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab bo‘lganini aytgan.

От qwert.uz