Ispaniya La Ligasining 28-turi doirasida o‘tkazilgan “Malyorka” — “Barselona” uchrashuvida maydonga yugurib chiqqan muxlis 4 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda AS xabar bermoqda — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Twitter

Manbaga ko‘ra, sportdagi zo‘ravonlik va irqchilikka qarshi kurash bo‘yicha davlat komissiyasi muxlisga sport inshootlariga olti oy davomida tashrif buyurishni taqiqlash bilan birgalikda 4 ming yevro miqdorida jarima solishni taklif qilgan. O‘z navbatida “Malyorka” ham 20 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

Avvalroq tomoshabinlarsiz o‘tgan “Malyorka” — “Barselona” uchrashuvida muxlis Lionel Messi bilan suratga tushish maqsadida maydonga yugurib chiqqani haqida xabar berilgandi.

Mazkur uchrashuv 4:0 hisobida “Barselona” foydasiga hal bo‘lgan.

От qwert.uz