Belarusda to‘rt nafar blogerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ularga jamoat tartibini buzganlik yoki davlat amaldorini haqorat qilish moddalari bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan, deb xabar beradi “Interfaks”  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: The Insider

Gap Telegram’dagi “Belarus bosh miya” kanali administratori Igor Losik, slutslik bloger Vladimir Neronskiy, YouTube’dagi MozgON kanali blogeri Vladimir Siganovich hamda brestlik bloger Sergey Petruxin haqida ketmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Neronskiy va Petruxin muxolif siyosat va bloger Sergey Tixanovskiy ishi bo‘yicha tergov qilinmoqda. Ularga nisbatan Belarus jinoyat kodeksining 342-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Blogerlar 29-may kuni Grodno shahrida Svetlano Tixanovskaya uchun imzo to‘plash munosabati bilan o‘tkazilgan saylov piketi vaqtida jamaot tartibini buzuvchi guruh harakatlarini uyushtirganlikda gumonlanmoqda.

Neronskiy bundan tashqari, o‘zining kanali orqali Slutsk tumani ijroiya qo‘mitasi raisini haqorat qilgani tasvirlangan videorolik bo‘yicha ham javobgarlikka tortilishi mumkin.

“Losikka nisbatan ham 342-modda bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, biroq u aynan qaysi ishi uchun va nimada gumonlanayotgani noma’lum. Siganovichda ham xuddi shunday holat”, — deyiladi xabarda.

“Vesna” nashrining ta’kidlashicha, “yuqorida nomi keltirilgan barcha blogerlarga jinoyat ishining qo‘zg‘atilishi siyosiy harakterga ega, bu esa ular xuddi siyosiy mahbuslardek ko‘rib chiqilishini bildiradi”.

Belarusda 17 kishi siyosiy mahbus sifatida tan olingan, xususan, prezidentlikka nomzod sobiq bankir Viktor Babariko, uning o‘g‘li Eduard va turmush o‘rtog‘i Svetlana Kupreyeva, bloger va “Svetlana Tixanovskaya” guruhining tashabbuskori Sergey Tixanovskiy va uning do‘stlari Dmitriy Furmanov, Vergiliy Ushakov, Aleksand Aranovich.

Avvalroq Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko demokratik yo‘l tutsa, mamlakatni qo‘ldan chiqarishini ma’lum qilgandi.

От qwert.uz