Amerikaning dunyoga mashhur “Simpsonlar” multseriali ijodkorlari endilikda oq tanli aktyorlar boshqa rangdagi personajlarga ovoz bermasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Fox Media

Aktyor Mayk Genrining ma’lum qilishicha, u “Griffinlar” multserialida qora tanli Klivlend personajlariga boshqa ovoz bermaydi.

“Kelajakda ‘Simpsonlar’da oq tanli aktyorlar oq tanli bo‘lmagan personajlarga ovoz bermaydi”, — deydi multserial ijodkorlari.

Bunga qadar “Simpsonlar” multseriali ikkinchi darajali Apu Naxasapimapetilon pesonaji uchun irqchilikda ayblangan edi, ko‘plab tomoshabinlar amerikalik hinduning personajini haqoratli deya qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida afroamerikalik Jorj Floydni Minneapolisda politsiya xodimlari qo‘lga olgan va ko‘chada bir nafar xodim tomonidan tizza bilan bo‘g‘ib qiynoqqa solingan, yakunda Floyd kasalxonada vafot etgan. Uning o‘limi AQSh hamda Yevropada irqchilik va ijtimoiy tengsizlik muammolariga qarshi norozilik namoyishlarining boshlanishiga turtki bo‘ldi.

От qwert.uz