Olov (sheʼr)

Olov qadim zamondan,
Inson bilan yelkadosh.
Uning injiq feʼlidan,
Faqat insonda bardosh.

Inson oʼtib asrlar,
Boʼysundirdi olovni.
Olovga buyruq qilar,
Qoʼlga olib jilovni.

Gʼaflatda baʼzan odam,
Bexos quturar olov.
Baribir uni shu dam,
Inson jilovlar darrov!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF