Madridning “Real” klubi hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatidan o‘rin olgan “Espanyol”ga qarshi kechgan o‘yinda (1:0) golli uzatmani amalga oshirdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Twitter
Bu 32 yoshli fransiyalik futbolchining barcha musobaqalardagi 10-golli uzatmasi bo‘ldi. Benzema shu tariqa La Liga futbolchilari orasida gol (22) va assistlar sonini 10 tadan oshirgan uchinchi o‘yinchiga aylandi.
Avvalroq bunday natijani “Barselona” hujumchilari — Lionel Messi (26+21) va Luis Suares (16+11) qayd etgandi.
Karim Benzema Ispaniya Primerasining ushbu mavsumida 31 o‘yin o‘tkazib, 17 ta gol va 7 assistga mualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilgacha amal qiladi.