“Daryo” tahririyatiga Andijon shahri Shimoliy kichik dahasi 10-uyda istiqomad qiluvchi Maqsudbek Yo‘ldoshev murojaat qilib, aplastik anemiya (ilik qurishi) kasalligiga chalingan farzandi Rohatoy Yusufjonova uchun yordam so‘radi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

“Taxminan, bundan bir yarim yil oldin qizimning burnidan ko‘p qon oqadigan bo‘lib qoldi. Biz boshida ko‘p shirinlik yegani uchun bo‘lsa kerak deb o‘yladik. Lekin oradan bir yil o‘tsa hamki, qon to‘xtamadi. Biz uni kasalxonaga olib borib tekshirtirdik, ammo shifokorlar tashxis qo‘ya olishmadi. Bir muncha vaqtdan keyin o‘tib ketadi, deyishdi. Bu orada men Turkiyaga ishlagani ketdim.

Biroz vaqtdan keyin qizimning ahvoli og‘irlasha boshladi. Keyin ayolim bilan Turkiyaga kelishlarini aytdim. Bu yerda qayta tekshiruvdan o‘tganimizda, shifokorlar qizimda ilik qurishi kasalligi borligini, operatsiya qilsak, o‘tib ketishini va jarrohlik amaliyotiga 80 ming dollar kerakligini aytishdi. Afsuski, bizda buncha mablag‘ yo‘q edi… Na iloj, O‘zbekistonga qaytib, Respublika gematalogiya institutida davolanishni boshladik.

Qizimga hozir ‘ilik qurishining og‘ir holati’ deb tashxis qo‘yilgan. Har uch oyda kimyoterapiya olib, davolanib keladi. Dorilari ham juda qimmat. Hozir qizalog‘im nogironlar ro‘yxatida turadi.

Har safar davolangani shifoxonaga borganimizda, doktorlar kimyoterapiya ma’lum bir vaqt qon faoliyatini yaxshilaydi, xolos, keyin o‘z kuchini yo‘qotadi deb tezroq operatsiya qildirishimizni aytishadi. Biroq bu jarrohlik amaliyoti Rossiyada 60-70 ming dollar atrofida qilinadi.

Foto: “Daryo”

Rossiyada ustachilik qilib, pul topardim. Karantin sabab ishlashga ketolmadim. Allohga shukr, hozir ham u-bu yerda ‘remont’ qilib, pul topyapman. Lekin bu topganlarim ro‘zg‘ordan ortmayapti, qancha harakat qilmay orttirolmayapman…

Hatto oddiy muolajalar uchun ham moddiy imkoniyatimiz yetmayapti. Har uch oyda kimyoterapiya qildirishimiz kerak edi. Lekin mana oltinchi oyga o‘tyaptiki, farzandimizni davolata olmayapmiz. Saxovatpesha insonlarning yordamiga muhtojmiz. Bizdan qaytmasa, Allohdan qaytsin”, — deydi biz bilan suhbatda bemor qizchaning otasi Maqsud aka.

Biz barcha yurtdoshlarimizdan Rohatoy Yusufjonovaning sog‘ayib ketishida yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

Rohatoy Yusufjonovaga yordam berishni istaganlar uchun kerakli ma’lumotlar: 

Plastik karta orqali bemorning otasi

Maqsudbek Yo‘ldashev nomida

Ipoteka bank: 8600332935713168

Hamkorbank:  (VISA) 4231200000822485

Otasining telefon raqami:

+998934257210

Pasport ma’lumotlari:

Yuldashev Mahsudbek

AB 0550493

От qwert.uz