Beshikdagi bolaga,
Аlla aytar onasi.
Quloq tutib allaga,
Jilmayadi bolasi.

Аlla bolam, allayo,
Uxla qoʼzim, allayo!

Аlla ayni avjida,
Bola topmas uyqusin.
Uy ishlari kutmoqda,
Ona shoʼrlik ne qilsin!

Аlla bolam, allayo,
Аqlligim, allayo!

Koʼzga koʼrinmay charchoq,
Mexrin berar allaga.
Uxlab qoldi chaqaloq,
Raxmi kelib onaga.

Аlla bolam, allayo,
Mexribonim, allayo!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz