YouTube’dagi Chromatic Auto Detailing kanaliga mutaxassislar 1994-yilda ishlab chiqarilgan BMW E36 kabrioletini qayta tiklagani tasvirlangan 20 daqiqali video joylashtirildi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Chromatic Auto Detailing

Video BMW E36’ni qayta tiklashga bag‘ishlangan. Dastlab usta 26 yillik kabrioletning kuzovini to‘liq yuvib tashlagan. Shundan so‘ng maxsus mato yordamida yig‘ma tom qismi, bamper, faralari, eshik tutqichlari va dizaynining boshqa elementlarini himoyalab chiqqan.

Dastlabki tayyorgarlikdan so‘ng mutaxassis kuzov “polirovkasi” bilan shug‘ullangan. Butun jarayon professional kamera yordamida tasvirga olingan va jaz musiqasi bilan uyg‘unlashtirilgani sabab muhandislik ishi haqiqiy professional kinoga o‘xshagan. Natijada 26 yillik kabriolet yangi avtomobilga aylantirilgan.

От qwert.uz