Yoz xam oʼtib bormoqda,
Vaqt xam peshqadam juda.
Kim xarakat qilmoqda,
Kim gʼaflatda, uyquda.

Eslang oʼsha ertakda,
Ninachi. chumolini.
Boʼlsa loqayd, gʼaflatda,
Koʼring qishda xolini.

Xullas, qissadan xissa,
Kurashmoq insonga xos.
Kimki loqayd, dangasa,
Ninachiday oʼtar yoz!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz