Shveysariyaning Syurix shahridagi hayvonot bog‘ining xodimi Amur yo‘lbarsining hujumi oqibatida vafot etdi, deb xabar beradi 20 Minuten portali  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: L’Alsace

Ko‘ngilsiz hodisa 4-iyul, shanba kuni sodir bo‘lgan. Yirtqich jonzot hayvonot bog‘ining 55 yoshli xodimi volyer (hayvon uchun atrofi o‘ralgan maydoncha) ichida turganida unga tashlangan. Voqea joyiga yetib kelgan qutqatuvchilar hayvonning e’tiborini boshqa narsaga qaratib, jabrlanuvchini olib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq ko‘rilgan tezkor choralarga qaramay, ayolning hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol xodimga “Irina” laqabli urg‘ochi yo‘lbars tashlangan. Politsiya, prokuratura va kriminalistika instituti mutaxassislari mazkur holat yuzasidan tergov ishlarini boshlab yuborgan. Ular nima sababdan hayvnot bog‘i xodimi va yo‘lbars bir vaqtda volyerda paydo bo‘lib qolganini aniqlashi lozim.

Syurixdagi hayvonot bog‘ida 5 yoshli “Irina”dan tashqari, “Sayan” laqabli yo‘lbars ham saqlanadi. 4,5 yoshli “Sayan” 2018-yilning fevralidan buyon hayvonot bog‘ida yashab keladi.

От qwert.uz